Bu maqolamizda swift - dasturlash tilini o'rganishni boshlaymiz. Qayerdan o'rganish nimalar kerak ekanligi va boshqa narsalarni ko'rib chiqamiz. Bu mavzuda davomiy maqolalar chiqarib boraman va keyngi maqolalarimda to'liq tilni o'rganib chiqishimi mumkin bo'ladi.

swiftappemacosiosipadwatchos

Oldingi maqolamizda umuman Apple qurilmalari uchun dasturlash nima ekanligi va qayeradan boshlash haqida manbalarni ko'rib chiqgan edik. Bu gal ham ushbu mavzumizni davom qildirgan holda, biz Swift dasturlash tiligi chuqurroq kirib boarmiz. Demak biz eng avvalo ushbu tilnig rasmiy sahifasida nimalar bor ekangligidan boshlasak. Swift.org sahifasi bu Swift tili uchun qo'llanma hisoblanadi va bu yerdan biz:

  • Swift haqida umumiy tushuncha
  • Ushbu til nima maqsadlarda ishlatiladi
  • Ushbu tilni o'rganish qo'llanmasi
  • Blog postlar, va Swift tili jamiyati (community)

Tepada sanalganlarni ko'rishimiz mumkin. Demak boshladik:

Swift umumiy maqsadli dasturlash tili boʻlib, yangi kirib kelganlar uchun qulay va kuchli mutaxassislar uchun kuchli til. Tez, zamonaviy, xavfsiz va yozish quvonchli.

.
let hello = "Hello, world!"
let multilineString = """
                  @@@         
      @@          @@@@       
    @@  @@@         @@@@@     
    @@@@@@@@@       @@@@@    
      @@@@@@@@@@    @@@@@@   
        @@@@@@@@@@  @@@@@@   
          @@@@@@@@@@@@@@@@@  
@           @@@@@@@@@@@@@@@  
@@@@@@        @@@@@@@@@@@@@  
  @@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@ 
    @@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@@ 
        @@@@@@@@@@@@@     @ 
                      \(hello)
"""

Maqolani yozish vaqtidagi Swift tilining eng oxirgi versiyasi 5.9

Agar yangilklardan habardor bo'lishni xoxlasangiz Swift - tili blog postlarini kuzatib bortishingiz mumkin.

Swift tilidan foydalanib Apple Platformasi, Cross-Platform Command-Line dasturlar, va Server-Networking dasturlarini ham yaratish mumkin. Va ushbu tilni MacOS,Linux,Windows Operatsiyon sistemalarida ham foydalanish mumkin. Biz ushbulardan Apple platformasi uchun dasturlashga diqqatimizni qaratamiz.

Ushbu tildan foydalanish uchun eng qulay yo'li bu MacOS-dan foydalangan xolda XCode dasturini o'rnatib ishlash. Chunki xCode dasturi o'z ichida ushbu tilni ham sistemamizga o'rnatadi. Agar ushbu tilni Linux, Windows da o'rantmoqchi bo'lsangiz Install sahifasidan qarab olishingiz mumkin bo'ladi.

Bizlardan 20 soatlik kursni boshlashimiz uchun Til asoslari va Closures (Klojur) haqida o'ragnishni maslahat berishgan, lekin menimcha biz Swift tili sahifasini to'liqligicha ko'rib chiqishni to'g'ri deb hisoblayman va bir chekkadan boshlab hamm ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz. Keyingi maqolamizda Til asoslari sahifasidan ko'rib chiqishni boshlaymiz