NestJS nima?
NestJS fikrimcha, deyarli barcha node.js dasturchilariga ma'lum bo'lgan, Express.js framework'i ustiga qurilgan. Express.js aslida minimalistik bo'lib kattaroq arxitekturalarda bir-muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar Express.js qo'llanmasiga qarasak, u yerda biz Routing
, Middleware
, Error handling
kabilarni ko'rishimiz mumkin. Lekin bu Arxitektura juda moslashuvchan, nima xoxlasa qilish mumkin, lekin bizga kerak bo'ladigan qo'shimchalarni o'zimiz yozishimiz kerak bo'ladi. Lekin dastur va jamo kattayishi bilan osonlik bilan bizning ishimiz chigallashib ketishi mumkin. Malan, GraphQL
, Swagger
kabi bir qancha qo'shimchalar va texnalogiyalarni integratsiya qilish o'zingiz hohlagandek bo'lishi mumkin va bu bazan qiynlashib ketishi mumkin, ayniqsa, boshqa murakkab arxitekturalar qo'shilishni boshlaganida.
NestJS'da, Arxitektura qilishda qo'llanmalar berilishi, deyarli barcha qo'shimchalarnig aniq buyruqlar orqali qo'shilishi va dasturni standart xolatda rivojlantirishga ko'piroq diqqat qaratilgan. Va eng yaxshi joyi, agar zaruriyat tug'ilsa, NestJS asosida Express.JS'ni ishlatishi, Express.JS ga moslab yozilgan boshqa open-source kodlarning bemalol ishlashidur.
Agar biz NestJS qo'llanmasini diqqat bilan ko'zdan kechiradigan bo'lsak, bizga dastlab asosiy tushnchalar berilganligi:
Bundan tashqari bizlar Testlash
, Texnikalar (Usullar)
, Queue (Navbatlar)
, Events (Hodisalar)
va boshqa ko'plab qo'shimchalarni ko'rishimiz mumkin.
NestJS to'liq TypeScript
da yozilgan, va bizga dasturlash tilidagi, OOP
bilan ishlash, Dekorator
lar bilan ishlashda qulayliklar beradi.
Keyingi maqolalarimizda, biz NestJS ni qanday o'rnatish va u bilan ishlashni o'rganib boshlaymiz.
Maqolaning 2-qismi: NestJS Loyihasini Boshlash: Qisqa To'liq Qo'llanma