Ushbu qo'llanmada siz GitHub-da markaziy `repository`ga ega bo'lgan jamoada qanday ishlashni o'rganasiz. Siz muammolar, majburiyatlar, baxslashuv so'rovlari, kodlarni ko'rib chiqish (`code-review`) va boshqalarni o'rganasiz.

GitGithub

Men o'zimni Git texnalogiyasida juda ham kuchli mutaxassis deb bilmayman, ammo men bu texnalogiyani hozirga qadar ishlash davomida juda ham ko'p o'rgandim. Ya'ni oson emas)).

Men bu qo'llanmani Git professional jamolarda qanday foydalanishini sizlar bilan ushalshish uchun yozdim. Hardoim esingizda bo'lsin, Git-ni ishlatishni faqat bitta yo'li yo'q, bu sizning loyihangiz va boshqa faktorlarga bog'liq bo'lishi mumkin.

Comparing Workflows ilovasida Git-dan foydalanish uchun yaxshi juda ham yaxshi tushuntirishlar keltirilgan.

Loyiha

Temur va Zebo butun dunyoga insonlar o'zlarining maxsulotlarini ko'rgazma qilish uchun imkon beradigan SaaS dasturlarini yaratish uchun juda ham zo'r go'yaga kelishdi. Ular bu dasturni ShowWork deb nomlashdi, va bu ularning eng birinch start-up loyihasi edi.

Working on app

Working on app

Ular o'zlarining dastur kodlarini joylash va boshqarish uchun GitHubdan foydalinishga qaror qilishdi. Ular React va Ruby on Reails texnalogiyalaridan foydalanishmoqchi.

Jamoa

Temur va Zebo bu loyha uchun o'zlari yig'ib yurgan pullardan harajatlar uchun foydalanishadi. Ular o'zlarining uylaridan ishlashmoqchi va ularning hisob kitoblariga ko'ra MVP 4 haftadan keyin tayyor bo'lishi kerak.

Keling ular o'zlarining SaaS dasturlarini yaratishda birgalikda jamoa bo'lib qanday ishlashar ekan va ishlash jarayonida ular qanday to'siqlarga duch kelishlarini ko'rib o'taylik.

Loyhaning dastlabki sozlamari

Bu loyiha ikkita xar-hil GitHub akkauntlari bo'lgan to'qib chiqarilgan ikkita jamodoshlar tomonidan ishlanadi. Demak ular ishni ular GitHubda ikkita alohida akkaunt yaratishlaridan boshlasak.

Bonus: ishlarni soddalashtirish maqsadida, agar sizda Gmail akkauntingiz bo'lsa, siz o'zingizning Gmail manzilingizdan birinchi qismidan keyin plyus (+) va start bilan foydalanishingiz mumkin va barcha elektron pochta xabarlari bitta hisobda markazlashtiriladi.

.
sh
my_email_address+temur@gmail.com
my_email_address+zebo@gmail.com

Bu haqida to'liqiroq bu yerad.

1-qandam: Qanday qilib ikkita alohida Github akkaunt yaratish

Bu qo'llama bilan birga ishlab borishgiz uchun sizga ikkita turli GitHub akkauntlari zarur bo'ladi. Men bu yerda ikkita yangi akkaunt yaratishga qaror qildim, lekin siz o'zingizning akkauntingiz va yana boshqa yangi akkaunt yaratib foydalanashingiz mumkin. Quydagicha ko'rinadi:

Two different GitHub Accounts

Two different GitHub Accounts

2-qadam: Qanday qilib o'zingizning lakalni ishlash muhitingizni sozlash

Biz o'zimizning lokal ishlash muhitimizdan foydalanamiz va shu ishlash muhitida Gitni sozlab olamiz. (Ishlash muhiti deganda, sizning komputeringiz, operatsiyon sistema va zarur kerakli boshqa dasturlar va ularning o'zaro ishlashi, bog'liqligi tushuniladi). Men virtual Linux komputeridan foydalanishga qaror qildim (Men shunchaki hozir o'zim ishlab turgan komputer va yangi dasturlar bir birlari bilan chiqisha olmasligidan qochib shu yo'lni tanladim, lekin siz o'zingizning komputeringizdan ham foydalanishingiz mumkin).

Biz, bizning Operatsiyon tizimimizda Git o'rnatilganligiga ishonch xosil qilib olishimiz kerak bo'ladi:

.
sh
git --version
# masalan quydagicha ko'rinishda bo'lishi mumkin:
git version 2.39.2 (Apple Git-143)

Bu buyruq agar sistemada Git o'rnatilgan bo'lsa unig versiyasinig ko'rsatishi kerak. Mening misolimda o'rnatilmagan edi va men quyidagi buyruqni ishlatdim:

.
sh
sudo apt install git

Loyha bilan ish qanday boshlash

1-qadam: Qanday qilib (tekinga) repozitory va jamoa yaratish

Temur jamoaning lideri, u dasturlashda ko'piroq tajribaga ega, shuning uchun u o'zi yangi SaaS loyihasi uchun o'zi yangi repozitory yaratishga qaror qildi.