Bu postda biz, Apple uchun dasturlashni nimdan boshlash kerakligi va mumkinligini ko'rib chiqishimiz mumkin. Shunchaki google-ga savol berishdan boshlaymiz va Apple-dan va boshqa manbalardan ko'rib chiqamiz. Qani ketdik...

AppleiOSMacOSiPadOSWatchOS

From what to start Apple apps development - Apple uchun dasturlashni nimadan boshlash Va biz quydagi manbalarni ko'rishimiz mumkin: Apple uchun dasturlashni nimadan boshlash - Google qidiruvidan

Apple uchun dasturlashni nimadan boshlash - Google qidiruvidan
Hozircha buni shu joyida qoldirib turamiz va kerakli ish qurollarini sanab o'tsak.

Kerakli ish qurollari

Apple uchun dastur yaratmoqchi deganimizda nima qurilmalar uchun dastur yaratamiz, quyidagai rasm orqali ko'rishingiz mumkin: iPhone, Apple Watch, MacBook, iPad

iPhone, Apple Watch, MacBook, iPad
Asosan ushbu qurilmalar uchun dastur yaratiladi va qo'shimcha sifatida ikkita qurilmani ham qo'shib ketishimiz mumkin, bular:

Apple Vision Pro, Apple TV

Apple Vision Pro, Apple TV

Va ushbu qurilmalarning Operatsyon sistemalari:

 iOS, iPadOS, macOS, tvOS, visionOS, watchOS

iOS, iPadOS, macOS, tvOS, visionOS, watchOS

Ushbu maqola yozgan vaqtimda, Apple vision pro sotuvga chiqarilganicha yo'q, va undagi bo'ladigan dasturlar ham experimental. Apple TV juda ham tor dasturlar toplamini o'z ichiga olganligi sababdan menda qizish unchalik yo'q, lekin kelgusida balki birgalikda ushbu qurilma uchun ham dastur yozib ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Dastur yaratish uchun dasturiy taminot

Oldingi bo'limda biz dastur yaratishimiz mumkin bo'lgan qurilmalarni ko'rib chiqdik. Apple qurilmalari uchun dasturni faqat Apple MacOS da qilishi mumkin. Xa aytishingiz mumkin, Virtual OS qilib ham qilsa bo'ladi deb, lekin bu sizga to'liq va qulay yo'lni ochmaydi. Demak ikkita eng asosiy narsa ya'ni til, va ushbu tilda yozilgan dastur logikasini haqiqiy ishlata oladigan dasturgan o'girib beruvchi maxsus dastur kerak bo'ladi, bular: Swift Programming language, XCode compiler

Swift Programming language, XCode compiler

Swift tili

O'rganish ham oson bo'lgan kuchli dasturlash tili. Swift barcha Apple platformalari uchun kuchli va intuitiv dasturlash tilidir. Qisqa, ammo ifodali sintaksis va sizga yoqadigan zamonaviy xususiyatlar bilan Swift-dan foydalanishni boshlash juda oson. Swift kodi dizayni bo'yicha xavfsiz va yashin tezligida ishlaydigan dasturiy ta'minotni ishlab chiqaradi.

XCode

Xcode 15 (ushbu maqola yozish vaqtidagi eng so'ngi versiyasi - 15) barcha Apple platformalari uchun ilovalarni ishlab chiqish, sinab ko'rish va tarqatish imkonini beradi. Kengaytirilgan kod toʻldirish, interaktiv oldindan koʻrish va jonli animatsiyalar bilan ilovalaringizni tezroq kodlang va loyihalash uchun foydalaniladi. Sinov natijalarini videoyozuv bilan qayta ishlab chiqilgan test hisobotlari bilan o'rganish va tashxis qo'yish mumkin. Xcode Cloud-dan TestFlight va App Store-ga muammosiz joylashtirishni foydalanish mumkin.


Biz demak apple ekosistemasi uchun dastur yaratush uchun zaruriy ish qurllarini bilib oldik, maqolamiz davomida o'rganish resurslarini ko'rib chiqamiz.

Eng dastlabgi savolimizga qaytsak, "Apple qurilmalari uchun dastur yaratishni o'rganish"ni nimadan boshlashimiz mumkin.

Bir narsa juda ham muhim: Ingiliz (Rus) tilini iloji boricha teziroq o'rganish lozim. Eng yaxshi Ingiliz tilini o'rganish chunki asosiy va eng zarur malumotlarni faqat ingiliz tilida topishingiz mumkin bo'ladi.

Google-ga bergan so'rovimizga e'tibor beradigan bo'lsak, biz quyidagi havolani ko'rishimiz mumkin:

Developer - Training

Developer - Training

Demak bu sahifani biz bir qator ko'zdan kechirib chiqamiz. Dastlab biz ushbu sahifa menusiga qaraydigan bo'lsak:

Yangiliklar, O'zingiz uchun kashf qilish, Dizayn bo'yicha, Dasturlash, Dasturni tarqatish, Yordam, Va Akkountni ko'rishimiz mumkin. Boshlanishiga bizga ushbu sahifaning o'zi va Dizayn sahifasi qizib deb o'ylayman. Chunki Apple-ning dasturlarida o'ziga hos dizayn uslubi mavjud, bular haqida keyinroq.

iOS developer - Kurs

iOS developer - Kurs

Tepadagi rasimdan ko'rishimiz mumkin, Apple - o'zi yaratgan 14-soat 20-daqiqalik kursni tugatish orqali iOS ya'ni iPhone qurilmalari uchun dastur yaratishni o'rganishimiz mumkin ekan.

Agar biz kursni boshlash tugamisni bosib, kursga o'tadigan bo'lsam, bizga ushbu modul - ya'ni kursni boshlash uchun zaruriy talablarni eslatib o'tilgan.

Ushbu modul haqida Ushbu qo'llanmalar SwiftUI-da yangi bo'lgan tajribali dasturchilar uchun yaratilgan. Ishni boshlashdan oldin siz Swift haqida bilishingiz kerak, shuning uchun sintaksis, maʼlumotlar turlari va ixtiyoriy qoʻshimchalar kabi noyob til xususiyatlari haqida umumiy maʼlumot olish uchun Swift dasturlash tili asoslarini koʻrib chiqishdan boshlang. Shuningdek, ushbu Swift dasturlash tili darsining yopilish bo'limini ko'rib chiqing, chunki siz ularni SwiftUI-da tez-tez ishlatasiz.

Shu tariqa biz shunchaki Google - ga so'rov yuborish orqali o'z yo'limizni topib olishimiz mumkin, ya'ni bu yerdan tushunib olishimiz mumkinki: iOS dasturi qanday yaratiladi, SwiftUI texnalogiyasi dan foydalnib va agar buning uchun bo'lishi lozim bo'lgan ko'nikmalar ham eslatib o'tilgan ya'ni Swift dasturlash tilining o'zini ham o'rganish kerakligi va uni qayerdan o'rganishni ham topishimiz mumkin.

Keyingi maqolalarimda, Swift dasturlash tilini o'zini o'rganishni ko'rib chiqamiz.